Eslatma: Tavsiyanoma uchun arizalar 8-iyuniga qadar qabul qilinadi

Ma’lumki, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli grant ajratiladi.

Tavsiyanoma uchun talabgorlar hujjatlari xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda joriy yil 8-iyuniga qadar qabul qilinadi.

 

Tavsiyanoma olishga talabgorlar quyidagi toifalardan biriga to‘g‘ri kelishi kerak:

-Kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila);

-To‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yohud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

-Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

-Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin- qizlar;

-14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida (ijarada) yashayotgan, itjimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; 

-Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM