Bino qurilishida ko'rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilsa, tadbirkor tomonidan so'ralayotgan imtiyozli kredit ajratilishiga huquqiy asos yaratiladi

“Zarnews.uz” saytida “Qurilganiga 8 oy bo'lgan bog'chamiz faqat jihozlar yetmagani uchun hamon  ishga tushmayapti, yordam so'rab yozgan xatlarimiz natija bermadi” nomli maqola e'lon qilindi.
Unda Pastdarg'om tumanidagi Yangi qishloq mahallasida yashovchi Bahodir Xidirov o'z hisobidan 100 o'rinli bolalar bog'chasi qurgani va asosiy qurilish ishlarini tugatganiga ham sakkiz oy bo'lganiga qaramay kredit ololmayotgani xususida gap boradi.
Fuqaro Xidirov Baxodir tomonidan o'z hisobidan tashkil etilayotgan quvvati 100 o'ringa mo'ljallangan davlat-xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining hozirgi kunga qadar  2 qavvatli binosi qurub, bitkazilgan, tom qismi yopilgan, eshik-romlari o'rnatilgan,  hovli devorlari aylantirib o'ralgan.
Fuqaro Xidirov Baxodir hozirgi kungacha o'z hisobidan tashkil etilyotgan davlat-xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish uchun o'z hisobidan 1,5 milliard mablag'ini sarflaganligini ma'lum qilgan va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o'z faoliyatini boshlash uchun tashkilotga kerakli jihozlarni olish hamda obodonlashtirish uchun 600 million so'm imtiyozli kredit mablag'larni olish uchun bir necha bor murojaat qilgan.
Mazkur murojaatlar, Pastdarg'om tumani maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan B.Xidirov ishtirokida o'rganib chiqilgan. O'rganish jarayonida fuqoroga O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-apreldagi “Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5071-sonli qarorining 6-bandiga asosan davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimlarni moliyalashtirish uchun qiymati 70 million AQSH dollari miqdoridagi tashqi qarz mablag'larini jalb qilish ishlarini jadallashtirish, yangi loyihalarni har bir hududdagi mavjud maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktabgacha yoshdagi bolalar soni hamda ularning qamrov darajasini tahlil qilgan holda odillik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash va ularni amalga oshirish bo'yicha bitimlarni imzolash belgilanganligi haqida hamda tashkilotga kerakli jihozlar va obodonlashtirish ishlari uchun imtiyozli kredit mablag'larini olish uchun tashkilotning bino qismi ta'mirlash ishlari (devorlari pardoz ishlari, pol-patolak o'rnatish hamda ranglash) nihoyasiga yetkazilgandang so'ng O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan bitim imzolanishi va kredit mablag'lari ajratilishi mumkinligi haqida bir necha bor tushuntirish ishlari olib borilgan va tegishli tartibda yozma javob xatlari yuborilgan.
Yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etilsa, tadbirkor tomonidan so'ralayotgan imtiyozli kredit ajratilishga huquqiy asos yaratiladi.

Pastdarg'om tumani maktabgacha ta'lim bo'limi

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM