Samarqand viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi tomonidan Pastdargʻom tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va davlat idoralarining aholiga xizmat koʻrsatish faoliyati oʻrganildi

Samarqand viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi tomonidan Pastdargʻom tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va davlat idoralarining aholiga xizmat koʻrsatishi oʻrganildi. Hususan, Pastdargʻom tumani Juma shahridagi “Meva-sabzovot” MCHJga qarashli “Dehqon bozori”da isteʼmolchilar uchun yaratilgan sharoitlar, narx-navoning barqarorligi, karantin qoidalariga rioya qilinayotganligi oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, Juma shahrida markaziy tadbirlar oʻtkazish uchun moʻljallangan maydonida Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga xizmat oldi yoʻriqnomalari oʻtkazildi.

Bundan tashqari, oʻquvchi yoshlarning taʼtilni mazmunli oʻtkazishlarini tashkil etilishi, tumandagi 51-umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar uchun kimyo, biologiya, ingliz tili va sport tugaraklari tashkil qilinganligi koʻzdan kechirildi.

Ayni kunlarda Pastdargʻom tumanining “Oqoltin” mahallasida joylashgan “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi”da yoshlar uchun raqs, ashulachilik, sanʼat va rassomchilik tugaraklari tashkil qilingan. Rahbarlar ushbu markaz tarbiyalanuvchilariga oʻzlarining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

Bundan tashqari, Pastdargʻom tumani Charxin qoʻrgʻonida joylashgan Pastdargʻom tuman IIB 2-sonli Ichki ishlar boʻlinmasi faoliyati oʻrganilib, u yerda xodimlarga qilingan shart-sharoitlar, ishning tashkil qilinishi bilan tanishilib, xodimlarni tegishli yoʻriqnomalar berildi.

Tumanning “Oqoltin” va “Olti qaxramon” mahalla raislari va faollari bilan uchrashuv oʻtkazilib, keng jamoatchilik bilan birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurash, ularni oldini olish, har qanday huquqbuzarlik va qonunbuzishlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, Pastdargʻom tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Charxin hududiy poliklinikasida shifokor va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Oʻrganishlar davomida “Temir daftar”ga kiritilgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolar ham eʼtibordan chetda qolmadi.

Bundan tashqari, tumandagi dorixonalar oʻrganilib, masʼullarga zaruriy koʻrsatmalar berildi.

Oʻrganishlarning soʻngi manzili tuman IIB boʻldi. Masʼullar IIBda “Ye-material” dasturida qayd etilgan hujjatlar ahvolini tahlil qilb, qabul qilinishi lozim boʻlgan qarorlar va oʻtkazilishi lozim boʻlgan barcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari yuzasidan tegishli soha xodimlariga koʻrsatmalar berishdi. Shuningdek, tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga fuqarolar bilan xushmuomаlada boʻlish, xizmatni xushyor holatda olib borish yuzasidan tegishli yoʻriqnoma oʻtkazildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM