Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Axmedov Asatulla Berdialiyevichning “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida oktabr oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

          Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasiga oktyabr uchun byudjet daromadlariga 10 714.4 mln so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 12 471.2 mln so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 116.4 % foizga (1756.8 mln so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

        Tadbirkorlarni faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “Soliqchi–tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida izchil ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

         “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida oktyabr oyida 778 ta tadbirkorlik sub’ektlari o‘rganildi. Shundan 778 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

          Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 6 ta, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 455 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 314 ta, 9.8 mln.so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 3 ta tadbirkorlik subektlariga ko‘maklashildi.

           Masalan, "SAM AMIR DENTA" ma’suliyati cheklangan jamiyatiga dastlabki buxgalteriya xisobotlarini topshirishda, "XASAN ZUXRO DILNOZ" xususiy korxonasiga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha ko‘maklashildi.

            Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

            Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan  sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2022 yilning oktyabr oyida tumanda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 1484 nafarni tashkil etdi.

             Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messendjerida “Soliqchi-ko‘makchi Pastdarg‘om DSI” guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Shuningdek, +998990093329 raqamiorqali Telegram messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchiltilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzil orqali bemalol murojaat qilishi mumkin.

2015-2024 © Хокимият Пастдаргомcкого района. Разработан в: SAKTRM