Tumandoshimiz "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Vatanparvarlik oyligi doirasida “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon!” shiorida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Parcha chandir MFY da tug‘ilib o‘sgan Ubaydullayev Sa'dulla Mirodullayevich "SODIQ XIZMATLARI UCHUN" medali bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari Sa'dulla Mirodullayevichning onasi Sayyora onaning xonadonida bo‘lishib Mudofaa Vaziri o'rinbosarining tashakkur nomasini topshirishdi.

Ubaydullaev Sa`dulla Murodullaevich 1981 yilda tug'ilgan 1996 yilda shu mfy xududidagi 29-umum ta`lim maktabini a`lo baxolarga tugatdi. Podpolkovnik Ubaydullev Sa`dulla Murodullayevich hozirgi kunda Buxoro viloyati 99265 harbiy qismda "Harbiy qism komandiri" vazifasida ishlab kelmoqda.

 

2015-2024 © Хокимият Пастдаргомcкого района. Разработан в: SAKTRM