HUDUDLARDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

 

Samarqand viloyatida elektr ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha transformator punktlari ajratilishi bo‘yicha shakllantirilgan manzilli ro‘yxatga asosan Pastdarg‘om tumanidagi 8 ta mahallada ham transformator punktlari o‘rnatilmoqda.

Jumladan, tumandagi Paxtachi mahallasidagi “Zarafshon” fideridan ta’minlanuvchi 2228-transformator punktiga qo‘shimcha 100/10 kV transformator punkti hamda 10 kV havo elektr uzatish tarmog‘iga temir beton ustunlari o‘rnatish ishlari bajarildi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida ushbu hudud aholisi sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

2015-2024 © Pastdarg‘om tumani hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM