KPI – Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini shakllantirish yuzasida seminar o‘tkazildi

Bugun Pastdarg‘om tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tashabbusi bilan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, sektor kotiblari va ishchi guruhi a’zolari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari taklif etildi.

Seminar davomida sektor rahbarlari va hokim o‘rinbosarlari, mahalla mas’ullarining KPI ko‘rsatkichlari kim tomonidan, qay tartibda shakllantirilishi, bunda qaysi mezonlarga ko‘ra baho berilishi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Xususan, uchrashuvlarda ta’kidlanganidek, mahallalardagi mas’ullarning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari tegishli bo‘lim boshlig‘i va hokim yordamchilari, ularning natijalari bo‘lsa bevosita sektor rahbari va tuman hokimining reyting ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Bunda barcha tuzilmalarning reyting natijalari yuqori turuvchi organlari tomonidan shakllantirilib, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning hududiy filiallariga taqdim etiladi, faqatgina tuman (shahar) hokimlarining KPI ko‘rsatkichlari agentlik tomonidan umumlashtiriladi.

2015-2024 © Pastdarg‘om tumani hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM