Sayyor qabul

Pastdargʼom tumani 2-sektor hududidagi "Turkman" mahallasida joylashgan 37-maktab binosida tuman prokurori E.Аxmedjonov hamda masʼul tashkilot xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul oʼtkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yullarni shagʼallashtirish, uy-joylarini kadastr ruyxatidan oʼtkazish, ichimlik suvi va boshqa masalalar boʼyicha murojaatlar kelib tushdi.

Ijrosi muddat talab qilinadigan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi. Qabuldan soʼng sektor rahbari, mahalla vakillari va tegishli masʼullar ishtirokida 37-maktabda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF PASTDARGOM DISTRICT. Maked by: SAKTRM