“Korrupsiya – rivojlanishimizga to’siq”

Bugun Pastdarg‘om tuman hokimligi majlislar zalida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i F.Usmonov, viloyat IIB JKB katta tezkor vakili X.Sagdullayev, viloyat Bosh imom-xatibi o‘rinbosari Hayrullo domla Sattorov, viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho’basi mudiri O.Yazdanov, Pastdarg‘om tuman hokimi o‘rinbosari H.Buriyev shuningdek tumandagi barcha tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘z olganlar korrupsiya — taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi bo‘lishi zarur ekanligi haqida tushuncha berdilar. Mamlakatimizda so‘nggi paytda o‘z nafsining izmidan chiqolmay, korrupsiya balosiga giriftor bo‘lib, mamlakat qonunlarini mensimasdan mansab vakolatidan foydalanib, ta'magirlikka qo‘l urayotgan kimsalarning keyingi manzili panjara orti bo‘layotgani, shuningdek, davlatimiz tomonidan korrupsiya illatini bartaraf etish borasida murosasiz qadam tashlanayotgani haqida ogohlantirildi.  Har bir xodim bu borada tushunchaga ega bo‘lishi zarurligi, qilmish uchun jazoning muqarrarligi yana bir bor eslatildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF PASTDARGOM DISTRICT. Maked by: SAKTRM