QONUN IJROSI TA’MINLANMOQDA

2021-yil 18-fevral kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanining Samarqand – Juma avtomobil yo‘lida joylashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan tashqi reklamalar, peshlavha, narxnoma, e’lon va boshqa axborot matnlarining “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga mosligi viloyat hokimi maslahatchisi Sh.Temirov, viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Sh.Saimov va Pastdarg‘om tumani ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan 30 ga yaqin tashqi reklamalar, peshlavha, e’lon va boshqa axborot matnlari davlat tili qoidalariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi. Ularga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, aniqlangan qonun buzilish holatlari joyida bartaraf etildi.
Bu kabi ishlar tumanda muntazam amalga oshirilmoqda. 

Dilfuza Navbatova,
Pastdarg‘om tumani hokimining maslahatchisi

2015-2024 © GOVERNMENT OF PASTDARGOM DISTRICT. Maked by: SAKTRM